Bir keça-kunduzda butun dunyoda COVID-19ga çaliniş bilan boğliq 350 mingta holat qayd etildi. Bu pandemiya boşlangandan beri kuzatilgan yangi antirekorddir.
Rossiyadagi epidemiologik holat haqida ham nekbin fikr bildiriş qiyin. Bahorda sutka davomida bemorlar soni böyiça qayd etilgan pik-körsatkiç qariyb 1300 taga köpaygan. Mutaxassislarning aytişiça, bu odamlar sanitariya qoidalariga rioya etmayotganliklari bilan boğliq.
Gruziyada ham antirekordlar haftasi «taşrif» buyurgan körinadi. Adjariyadan keyin Tbilisi yana «qizil» hududga ötkazilişi mumkin.
Qozoğistonda esa dekabr oyidan yana qatʼiy karantinga qaytilişi aytilyapti.









