Namangan shahridagi «Chorsu» bozorida yong‘in kelib chiqdi deb xabar qiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
21 iyul kuni soat 01:38 larda Uychi ko‘chasida joylashgan «Chorsu» dehqon bozorida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida dehqon bozorida yonma-yon joylashgan dorixona, sartaroshxona va parfyumeriya mahsulotlari savdo do‘konlarining 200 kv.m. maydoni hamda non rastasining 600 kv.m. maydoni yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q.









