Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil fevralida Rossiyaga tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil fevral oyida Rossiyaga tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda 1-oktabr, seshanba kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston—Rossiya ishbilarmonlik kengashining to‘rtinchi majlisida Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

“Aminmanki, Shavkat Mirziyoyevning kelgusi yil boshida — fevralda Moskvaga amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan tashrifi aloqalarimizni mustahkamlashda yana bir qadam bo‘ladi”, — deb ta’kidlagan Sodiq Safoyev.

Sodiq Safoyevning ma’lum qilishicha, 2019-yilning yanvar—sentabr oylarida ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi o‘tgan yilning xuddi davriga nisbatan 10 foizga o‘sib, 4 milliard dollardan oshdi. Rossiya kompaniyalarining O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyalari hajmi 9 milliard dollardan ziyodroqni tashkil etgan.

Tomonlar O‘zbekistondan Rossiyaga meva-sabzavotlar yetkazib berish hajmini oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasini imzoladi.

1 393 Ko'rishlar

227
Leave a Reply

avatar
227 Fikrlar
0 Mavzuga javoblar
0 A'zolar
 
Ko'pgina javoblar
Eng yangi sharhlar
183 xabar muallifi
NbmoloaceGyhibKndnrotoTmfttqMglxm So'nggi sharh mualliflari
  Xabarlarga azo bo'lish  
eng yangi Oldingi eng ko'p ovoz berdi
Xabardor qiling