Nanay xalqaro sayyohlik maskaniga aylanadi

Nanay — Namangan viloyatining shimoliy qismida joylashgan bahavo qishloq. Togʻlar etagidagi bu maskan oʻzining ajoyib tabiati, betakror manzaralari bilan sayyohlarni oʻziga tortib kelgan. Shundan kelib chiqib, bu yerda zamonaviy turistik majmua barpo etish boʻyicha amaliy ishlar boshlab yuborildi. Namangan viloyati hokimligida mazkur sayyohlik zonasi loyihasini tayyorlashga jalb etilgan Turkiyaning “Idealist” meʼmorchilik va muhandislik kompaniyasi tomonidan taqdimot oʻtkazildi.

Ijrosi uzoq muddatga moʻljallangan loyihadan sayyohlik infratuzilmasining koʻplab obyektlari oʻrin olgan. Ulardan biri Nanay kichik turizm markazi 27,9 gektar maydonda barpo etiladi. Markaz tarkibiga 251 oʻrinli toʻrt yulduzli va 549 oʻrinli besh yulduzli mehmonxona, 4000 oʻrinli qishki va yozgi tomoshalar zali, koʻrgazmalar markazi, hunarmandlik ustaxonalari, shuningdek, qator koʻngilochar inshootlar kiritilgan. Nanay turizm markazi esa 14,5 gektar hududda joylashib, unda ikkita besh yulduzli mehmonxona, 549 kishiga moʻljallangan ustki nafas yoʻllari va diabet kasalliklarini davolash sihatgohi, 78 ta villa-mehmonxonalar, zamonaviy savdo markazi, restoran va kafelar, togʻ dor yoʻli singari inshootlarni barpo etish koʻzda tutilgan.

Taqdimot chogʻida hudud tabiiy sharoitlaridan foydalangan holda ekologik turizmni yuqori darajada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan sayyohlik majmuasi loyihasiga bir qator qoʻshimchalar kiritish taklifi bildirildi. Keyingi bosqichda loyihadan oʻrin olgan bino va inshootlar qurilishi investorlarga taqdim etiladi.

“Xalq soʻzi” Qudratilla Najmiddinov

1 892 Ko'rishlar

5
Leave a Reply

avatar
5 Fikrlar
0 Mavzuga javoblar
0 A'zolar
 
Ko'pgina javoblar
Eng yangi sharhlar
4 xabar muallifi
azithromycin tabletsplaquenil 50mgStromectolflotornMacteby So'nggi sharh mualliflari
  Xabarlarga azo bo'lish  
eng yangi Oldingi eng ko'p ovoz berdi
Xabardor qiling
Macteby
Mexmon
Macteby

http://vsdoxycyclinev.com/ — doxycycline over the counter

flotorn
Mexmon
flotorn
Stromectol
Mexmon
Stromectol

Generico Viagra Eu

plaquenil 50mg
Mexmon
plaquenil 50mg

coming off neurontin how much does neurontin cost what are the side effects of gabapentin 300mg

azithromycin tablets
Mexmon
azithromycin tablets

20 mg prednisone buy prednisone with paypal side effects of prednisone eye drops what does prednisone do to your body