Namanganda baliq ovlayman deb kanalga to‘r tashlagan 65 yoshli fuqaroni girdob tortib ketdi

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanining Shahand qishlog‘ida yashovchi 65 yoshli Muhiddin Tojiboyevning baliq tutishga ishtiyoqi fojia bilan tugadi. Bu haqda “Xalq so‘zi Online” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, qo‘shni Mingbuloq tumanidan oqib o‘tadigan, xalq tili bilan aytganda “Bomba” kanali deb nomlanuvchi inshootdan baliq tutish uchun tashlangan to‘rning orqasidan suzib borayotgan to‘rt nafar “ovchi”girdobga duch kelib qolgan. Sheriklari bir amallab undan uzoqlashishga muvaffaq bo‘lgan. Muhiddin akani esa shiddat bilan oqayotgan suvning uyuri domiga tortgan.

Hodisa 28-iyun kuni sodir bo‘lgan edi. Ikki kunlik qidiruvdan so‘ng M. Tojiboyevning jasadi kanalning quyi qismidan qalqib chiqqan.

1 128 Ko'rishlar

Leave a Reply

avatar
  Xabarlarga azo bo'lish  
Xabardor qiling