Moskvada Ingushetiya ekstremizmga qarshi kurash markazi boshlig‘i va uning ukasi o‘ldirildi (video)

Moskvada Ingushetiya IIV ekstremizmga qarshi kurash markazi boshlig‘i Ibrohim Eljarkiyev otib o‘ldirildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

U bilan birga Moskvadagi kasalxonalardan birida neyrojarroh bo‘lib ishlaydigan ukasi Ahmad Eljarkiyev ham otib tashlangan. Jinoyatchilar aka-ukaga kamida 10 marotaba o‘q uzgani va shundan so‘ng yashiringani bildirilmoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, “E” markazi boshlig‘iga oldinroq ham suiqasd uyushtirilgan.

“Izvestiya” nashri manbalariga ko‘ra, qotillik Ibrohim Eljarkiyevning Ingushetiyadagi radikal sekta vakillari bilan kelishmovchiliklariga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Rossiya Tergov qo‘mitasi holat yuzasidan “Ikki va undan ortiq kishining o‘ldirilishi” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘adi. Uch nafar gumonlanuvchiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

4 438 Ko'rishlar

1
Leave a Reply

avatar
1 Fikrlar
0 Mavzuga javoblar
0 A'zolar
 
Ko'pgina javoblar
Eng yangi sharhlar
1 xabar muallifi
ALIAKBAR So'nggi sharh mualliflari
  Xabarlarga azo bo'lish  
eng yangi Oldingi eng ko'p ovoz berdi
Xabardor qiling
ALIAKBAR
Mexmon
ALIAKBAR

Gap yo silaga