Manba: Andijon shahar hokimining ishqiy munosabatlari faoliyatiga putur yetkazdi

Andijon shahar hokimi ishdan olinishi kutilmoqda. Hozircha uning ishdan olinishiga turtki bo‘lgan holatlar oshkor bo‘lmoqda.

25 avgust kuni Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayevning ishdan olinishi haqida xabar berildi.

Namanganliklar.uz axborot manbasi ma’lumotiga ko‘ra, shahar hokimining ishqiy munosabatlari mansab faoliyatiga putur yetkazgan.

Fotosuratlar ommaga sizdirilgan

Garchi Rahmatullayevning ishdan olinishi hamda bunga sabab bo‘lgan omillar oshkor etilmayotgan bo‘lsa-da, Dilmurod Rahmatullayev va bir ayolning yotoqdagi suratlari ommaga sizdirildi (ushbu suratlar tahririyatda mavjud).

Ayol MTM xodimasi bo’lgan

Ma’lum qilinishicha, Andijon shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida ishlovchi G.Yo. va Dilmurod Rahmatullayev o‘rtasida munosabatlar ommaga oshkor bo‘lishi hokimning obro‘siga putur yetkazgan.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, G.Yo. va uning yaqin qarindoshi D.Yo. maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga noqonuniy aralashib, ma’muriy resurslaridan foydalanishga uringan. Shundan so‘ng, D.Yo. egallab turgan lavozimidan bo‘shatilgandi. 

Ayni paytda ushbu xabarlarni rasman tasdiqlash imkoniyati yo‘q.

Manba: togri.uz

8 855 Ko'rishlar

3
Leave a Reply

avatar
3 Fikrlar
0 Mavzuga javoblar
0 A'zolar
 
Ko'pgina javoblar
Eng yangi sharhlar
3 xabar muallifi
халимжонAzikXurshid Yo’ldoshev So'nggi sharh mualliflari
  Xabarlarga azo bo'lish  
eng yangi Oldingi eng ko'p ovoz berdi
Xabardor qiling
Xurshid Yo’ldoshev
Mexmon
Xurshid Yo’ldoshev

Xop

Azik
Mexmon
Azik

Voy jalabvozeee

халимжон
Mexmon
халимжон

Ким хоким булса хам у дунёлигини хам уйлаш керакку