Saida Mirziyoyeva: «Aholini rezonansli voqealardan tezda xabardor qilmagan amaldor jazolanishi kerak»

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva «Facebook»dagi sahifasida davlat organlari matbuot xizmatlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishiga doir fikrlarini yozdi

«Bugun Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Prezidentning 27 iyun kuni qabul qilingan matbuot xizmatlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorining ahamiyati, ayniqsa, jahonda kechayotgan axborot qarama-qarshiligi sharoitida ularning birinchi manba sifatidagi roli, davlat axborot siyosatini amalga oshirishdagi mavqeini yuksaltirish muhim ekani ta’kidlandi.

Foto: «Facebook»
Yig‘ilishda davlat organlarining axborot faoliyatidagi kamchiliklari ko‘rsatib o‘tildi, matbuot xizmatlarining ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlardagi ishtiroki sustligi qayd etildi. Natijada davlat organlari katta ishlarni amalga oshirayotganiga qaramay, olib borilayotgan islohotlarning mohiyati hamda Prezident va hukumat qabul qilayotgan qarorlar ahamiyati to‘g‘risidagi axborotni, ular berayotgan bayonotlarning asosiy mazmuni ichki va xorijiy auditoriyaga to‘liq yetkazilishi ta’minlanmayapti» deb yozadi Mirziyoyeva.

Foto: «Facebook»
Tadbir yakunida Axborot sohasidagi yagona davlat siyosati konsepsiyasini tez fursatda qabul qilish, matbuot xizmatlarining media makonidagi ishtirokini kengaytirish, ular huzurida ekspertlar va jurnalistlar guruhlarini tashkil etish, rezonansli voqealar ro‘y berganda davlat organlari rahbarlarining tezkor chiqishlarini uyushtirish, shuningdek, aholini qisqa fursatlarda xabardor qilish masalasiga e’tiborsiz bo‘layotgan mansabdor shaxslarga nisbatan chora ko‘rish mexanizmini ishlab chiqish yuzasidan takliflar bildirildi, deyiladi yakunda.

530 Ko'rishlar

2
Leave a Reply

avatar
2 Fikrlar
0 Mavzuga javoblar
0 A'zolar
 
Ko'pgina javoblar
Eng yangi sharhlar
2 xabar muallifi
VictorHambsooPoism So'nggi sharh mualliflari
  Xabarlarga azo bo'lish  
eng yangi Oldingi eng ko'p ovoz berdi
Xabardor qiling
bsooPoism
Mexmon
bsooPoism

https://mypharmexe.com/ side effects of viagra

VictorHam
Mexmon
VictorHam

It times vary-based depending to redress patients. coupons for cialis generic cialis online pharmacy extensiveness work and directing thoracic surgeries.